SHARTNOMA – OMMAVIY OFERTA
(Homgo.uz veb-saytidan foydalanish huquqini berish to‘g‘risida)
“YTT Mahmudov Bilol Olimjon o'g'li” (keyingi o'rinlarda “Jamiyat”), O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 369-moddasiga asosan, “Foydalanuvchi”larga ushbu Shartnomani qabul qilgan taqdirda quyidagi xizmatlarni taklif etadi.
/1. SHARTNOMANI QABUL QILISH (AKSEPT) SHARTLARI
1.1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 370-moddasiga muvofiq, Foydalanuvchining www.homgo.uz veb-sayti yoki @homgobot Telegram botida ro‘yxatdan o‘tishi va shaxsiy kabinet ochishi ushbu Ommaviy oferta shartnomasini qabul qilganligini anglatadi. 1.2. Ushbu Shartnomani qabul qilgan holda, Foydalanuvchi platformadan foydalanish qoidalari bilan tanishganligini tasdiqlaydi. 1.3. Jamiyat xizmatlari Foydalanuvchiga to‘yxona xizmatlari bo‘yicha o‘z e’lonlarini joylashtirish uchun axborot platformasiga kirish imkonini berish bilan cheklanadi. 1.4. Foydalanuvchi joylashtirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va qonuniyligi uchun shaxsan javob beradi.
/2. SHARTNOMA PREDMETI
2.1. Jamiyat Foydalanuvchiga to‘yxona xizmatlari ma’lumotlarini joylashtirish maqsadida www.homgo.uz platformasiga kirish huquqini beradi. 2.2. Huquq ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy kabinet ochganidan so‘ng taqdim etiladi. 2.3. Xizmat narxlari tariflarga muvofiq belgilanadi. 2.4. Ma’lumot joylashtirilgan paytdan boshlab xizmat ko‘rsatilgan hisoblanadi.
/3. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
3.1. Jamiyat platformadan foydalanishni ta'minlash, o'zgarishlar haqida xabardor qilishga majbur. Jamiyat qoidalarni o'zgartirish, noto'g'ri ma'lumotlarni o'chirish va akkauntni cheklash huquqiga ega. 3.2. Foydalanuvchi faqat haqiqiy ma'lumot joylashtirish, qonunchilikka rioya qilish va to'lovni o'z vaqtida qilishga majbur.
/4. TAQIQLANGAN MAZMUN
Qonunchilikka zid, zo‘ravonlik, ekstremizm targ‘ib qiluvchi, yolg‘on yoki boshqalarning huquqlarini buzuvchi ma’lumotlarni joylashtirish qat'iyan taqiqlanadi.
/5. XIZMATLAR NARXI VA TO‘LOV
Xizmatlar narxi platformada ko‘rsatilgan tariflarga muvofiq belgilanadi. To‘lov oldindan amalga oshiriladi.
/6. JAVOBGARLIK
Tomonlar majburiyatlarni bajarmaslik holatlarida qonun oldida javobgar. Jamiyat foydalanuvchi kontenti uchun javobgar emas.
/7. FORS-MAJOR
Tomonlarga bog'liq bo'lmagan favqulodda holatlar yuzaga kelganda majburiyatlar muddati uzaytiriladi.
/8. NIZOLARNI HAL QILISH
Nizolar muzokaralar orqali, kelishuv bo'lmasa sud tartibida hal etiladi.
/9. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI
Shartnoma ro'yxatdan o'tgan paytdan boshlab platformadan foydalanish muddati davomida amal qiladi.
/10. ALOQA MA’LUMOTLARI
Kompaniya: YTT “Mahmudov Bilol Olimjon ogli” Manzil: Toshkent sh., Shayxontohur tumani, ul. Samarqand Darvoza 13 Email: support@homgo.uz
Homgo.uz Public Offer